Napadchi Memfis Depay bu yozda «Korintians»dan ketishi mumkin.

Footmercato ma'lumotlariga ko'ra, forvardni «Marsel» sotib olishga qiziqmoqda. Biroq, bu bitimning amalga oshishi ehtimoli past, chunki «provensalchilar» gollandiyalik futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmayapti.

Memfis Depay 2024 yilda «Korintians»ga erkin agent sifatida o'tdi – avval u «Atletiko»da o'ynagan. Forvardning shartnomasi 2026 yil 31 iyulgacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda gollandiyalik futbolchi braziliyalik klubda barcha musobaqalarda 14 ta o'yin o'tkazib, bir gol urdi va bir assist berdi. Transfermarkt portali Depayning narxini yetti million evro deb baholamoqda.