Rossiyalik sobiq futbolchi Vladimir Granat «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Goloivinning kuchliroq evropalik klubga o'tish imkoniyatlarini baholadi.
«U yaxshi evropalik klublardan biriga o'tishi mumkin, chunki so'nggi yillarda «Monako»ning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Barcha imkoniyatlari bor», - deydi «Match TV» mutaxassisi.
30 yoshli rossiyalik futbolchi 2018 yil yozidan beri monakoliklarga xizmat qilmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyining oxirida tugaydi. Transfermarkt portalining mutaxassislari Goloivinning bozor qiymatini 18 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Liga 1da Aleksandr beshta gol urdi va beshta assist berdi.




