Ikki futbolchi «PSJ»dan yoshlar jamoasiga o‘tkazildi va 2026 yil yozida klubni tark etadi. Ular o‘rta maydonchi Renatu Sanshesh va hujumchi Randale Kolo Muani.
Paryajlarning bosh murabbiyi Luis Enrike ushbu futbolchilarga umid qilmaydi, chunki ular 2025/2026 mavsumining ikkinchi yarmida boshqa klublarda ijarada o‘ynashdi.
Kolo Muani «Yuventus»da o‘ynadi, u to‘liq transferni amalga oshirishni xohlaydi, ammo turinliklarni «PSJ»ning talab qilayotgan summasi xavotirga solmoqda, deya xabar beradi RMC Sport.
Sansheshga kelsak, u yunon «Panatinaikos»ga kerak bo‘lmadi. Portugaliyalik futbolchi uchun hozircha takliflar yo‘q.




