Bivshiy «Chelsi» murabbiyi Liam Rosenior yangi bosh murabbiy sifatida «Parij» futbol klubiga tayinlandi. Bu haqda fransuz jamoasining matbuot xizmati xabar berdi.

41 yoshli ingliz mutaxassisi «Parij» bilan 2028 yilning iyunigacha mehnat shartnomasini imzoladi. Ma'lum qilinishicha, mutaxassis 9-iyuldan ishga kirishadi. Aynan shu kunda jamoa ta'tildan qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Shuni ta'kidlash kerakki, Rosenior avvalroq Fransiyada ishlagan. 2024-2026 yillarda u «Strasburg»ni boshqargan. Joriy yilning yanvaridan apreligacha murabbiy «Chelsi»ni boshqargan.

Fransiya chempionati natijalariga ko'ra – 2025/26 yilgi mavsumda «Parij» turnir jadvalida 11-o'rinni egalladi. 34 uchrashuvda klub 44 ochko to'pladi.