Rossiyalik murabbiy Yuriy Semyin o‘tgan mavsumning eng yaxshi rossiyalik o‘yinchisini kim deb hisoblayotganini aytdi.

- Matvey Safonovni aytaman. Uning erishgan yutuqlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Safonovsiz «PSJ» bu qadar ko'p unvonlarni qo'lga kiritmasdi, - deydi Semyin «Sovet sport»ga.

Eslatib o‘tamiz, 5 kun oldin fransuz klubi Chempionlar ligasini yutdi. Safonov hal qiluvchi uchrashuvda «Arsenal»ga qarshi o‘yinda dastlabki daqiqalardan maydonga tushdi va butun o‘yinni o‘tkazdi. May oyida «PSJ» Fransiya chempioni bo‘ldi.

«Krasnodar» tarbiyalanuvchisi 2024 yil yozida «PSJ»ga o‘tdi. O‘shandan beri u parijliklar safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi.