Hujumchi «PSJ» Usmon Dembele Saudiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Goals Zone ma'lumotlariga ko'ra, fransuzni «Al-Hilal» jamoasi qo'lga kiritishga qiziqmoqda. Saudiyalik klub hujumchiga 2030 yil 30 iyungacha davom etadigan shartnoma taklif qilmoqda va uning maoshi 200 million evro bo'ladi. «Al-Hilal» Dembele jamoaning asosiy futbolchisi bo'lib, klub jahon chempionatida g'alaba qozonishiga yordam berishiga ishonmoqda.

Usmon Dembele 2023 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga 50 million evro evaziga o'tgan. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 40 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urdi va 11 ta assist berdi.