Eks-golkiper «Spartak» va sobiq SSSR terma jamoasi a'zosi Rinat Dasaev «PSJ» darvozaboni Matvey Sufonovning navbatdagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi. Avvalroq fransuz klubi ikkinchi marta ketma-ket Chempionlar ligasini yutdi.
«Sufonov juda yaxshi, chunki u unvonlarni qo‘lga kiritmoqda. Lekin men har doim aytaman, oldinga shoshilmaslik kerak», — dedi Dasaev «Match TV»da.
Mutaxassisning fikricha, darvozabonning darajasini birgina o‘yinga yoki bir mavsumga qarab baholash to‘g‘ri emas, balki uzoq muddatli natijalarga asoslanish kerak.
2025/26 mavsumida Sufonov barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda qatnashdi, 28 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 marta darvozasi daxlsiz qoldi.
27 yoshli Sufonovning «PSJ» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.




