«Lill» hujumchisi Ethan Mbappe o'ng oyoq tizzasidagi jarohat sababli taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.

19 yoshli futbolchi seshanba kuni Fransiya U21 terma jamoasi Estoniya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda raqibning to‘pga qilgan zarbasi natijasida jarohat oldi va 12-daqiqada o‘rnini almashtirdi. Mbappe 10-oktabrda «Gavr» va kelasi haftada «Brest»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Mbappe «Lill» jamoasi safida 6 ta o‘yinda ishtirok etgan, ulardan 5 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va bitta golli pas mavjud.

Shuni ta’kidlash joizki, hujumchi har qanday holatda ham «Arsenal» va «Galatasaray»ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinlarida qatnasha olmaydi, chunki u «Betis»ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib, uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan.