«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrique murabbiylar orasida eng ko'p g'alaba qozonish bo'yicha klub rekordiga javob berdi.
Ispan murabbiy «Gavro» ustidan (5:1) g'alaba qozonib, «parijliklar» boshida 127-g'alabasini qo'lga kiritib, yakka tartibda rekord o'rnatdi.
«Bu menga omad kulib boqayotganini ko'rsatadi. Bunday klubda, bunday o'yinchilar bilan ishlash – katta omad. Bu haqiqatan ham zavq bag'ishlaydi. Biz barchamiz birgalikda harakat qilib, barcha natijalarga erishmoqdamiz», – deydi Enrique Le Meilleur du PSG nashriga bergan intervyusida.
3-noyabr, seshanba kuni, «PSJ» Vilyarrealga qarshi Chempionlar ligasining umumiy bosqichining to'rtinchi turida safarda o'ynaydi.
Luis Enrique 2023-yil yozidan beri o'z lavozimida ishlamoqda.
