O'ng himoyachi Ashraf Hakimi «PSJ»da «Gavra»ga qarshi o'yinda (5:1) o'zining birinchi xet-trikini amalga oshirgani haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Marokashlik futbolchi parijliklarning beshta golida ishtirok etdi: u nafaqat uch marta gol urdi, balki ikkita golli uzatma ham berdi.
«Men bunday jamoa do'stlari bilan o'ynashda o'zimni qulay his qilaman, biz bir-birimizni yaxshi bilamiz va futbol o'ynashdan zavq olamiz. Ba'zan men hujumchi sifatida ochilaman va hujumlarni «to'qqiz» sifatida yakunlayman. Bu erda murabbiy bizga bunday erkinlik beradi», – deydi 27 yoshli futbolchi Le Meilleur du PSG saytiga bergan intervyusida.
Bu Ashraf Hakimi uchun kariyerasidagi birinchi xet-trik bo'ldi. Umuman olganda, uning «PSJ»dagi hisobida 220 o'yinda 31 gol bor.
