«PSJ» 9-turda Fransiya chempionatida ishonchli g‘alaba qozondi. «Gavr»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi, Ashraf Hakimi xet-trik bilan ajralib turdi.

Ushbu g‘alaba orqali Luis Enrike parijliklar bosh murabbiyi sifatida eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiy bo‘ldi. Uning hisobida 127 g‘alaba bor - bu Loran Blandan birta ko‘p.

Luis Enrike 2023 yilda «PSJ»ni boshqarishni boshladi. Uning rahbarligida jamoa 13 ta trofey qo‘lga kiritdi, jumladan 2 ta Chempionlar ligasi va 3 ta Fransiya chempionligi unvoni.

Loran Blan 2013-2016 yillarda shu jamoani boshqargan va 11 ta trofey qo‘lga kiritgan. E'tiborga molik jihati shundaki, ularning barchasi ichki arenada yutib olingan.