Fransiyada bo'lib o'tayotgan noroziliklar sababli Zolotoy myach marosimiga to'g'ri keluvchi PSJ - Lyon o'yini 25-oktabrdan 26-oktabrga ko'chirildi. Shunday qilib, parijlik futbolchilar Zolotoy myach taqdirlash marosimiga bora olmaydilar. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrique bu borada o'z fikrini bildirdi.
«Men to'liq o'yinga e'tibor qaratganman. Agar bu vaziyatda dushanba kuni o'ynash yaxshiroq bo'lsa – biz buni hech qanday muammosiz qabul qilamiz. Biz tayyor bo'lishimiz kerak. Dushanba kuni maydonga chiqish biz uchun qiyinchilik emas. Zolotoy myach haqida aytganda, biz jamoa sifatida nimani anglatayotganimizni allaqachon ko'rsatdik. Bizda ushbu mukofotni qo'lga kiritishga qodir ko'plab futbolchilar bor. Qanday bo'lishidan qat'i nazar, bu bizning jamoaviy maqsadlarimizga ta'sir qilmaydi», - deya Enrique so'zlarini keltirmoqda PSJ saytida.
«Zolotoy myach» mukofotiga 30 nafar nomzoddan 10 nafari PSJ futbolchilari hisoblanadi.
