«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning Xvicha Kvaratsxeliani bo'lmasligi sababli qanday harakat qilishini muhokama qildi – gruzin hujumkor yarimhimoyachisi jarohati tufayli uzoq vaqt maydondan chetda qoladi.

«Biz jamoa, shuningdek, oila, chunki ko'p vaqtni birga o'tkazamiz va umumiy lahzalarni baham ko'ramiz. Ayniqsa, bir necha futbolchi jarohatlanganda sinov davrlari juda muhim. Bunday vaziyatlarni qabul qilishni bilishimiz kerak. Agar kimdir jarohat olsa, biz bir xil jamoa bo'lib qolamiz, chunki bizda yagona jamoaviy fikrlash bor», - dedi Enrike.

«Biz buni «Barselona»ga qarshi o'yinda ko'rsatdik. O'yin oxirida kapitan Markinyos va biz uchun muhim bo'lgan Kvaratsxelianisiz o'ynadik. Bundan tashqari, deyarli butun o'yin davomida Dembele – «Oltin to'p» sohibi bilan ham o'ynamadik. Shunga qaramay, biz o'zimizning odatiy uslubimizda o'ynashda davom etdik. Bu bizning kuchimiz», - deya qo'shimcha qildi Enrike.

26-oktabrda «PSJ» Frantsiya chempionatida «Lion»ni qabul qiladi.