«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrique himoyachi Ilya Zabarni haqida fikr bildirdi. Mutaxassis ukrainalik futbolchining rivojlanishini ta'kidladi.

«Zabarni ko'p o'ynaydi, biz unga juda ishonamiz. U tayyor. Bu yosh futbolchi, ammo allaqachon tajribaga ega. O'ylaymanki, u o'tgan mavsumga nisbatan yanada yaxshilanadi. Yuqori darajadagi jamoaga kelish oson emasdi, lekin men ko'rayotganimdan mamnunman. Har bir o'yinda u o'zini yanada ishonchli his qiladi. Bu juda qiziqarli futbolchi. Bizning tarkibimizda bo'lganidan xursandman», - deya Enrique so'zlarini «PSJ» saytida keltirilgan.

«PSJ»ning yaqinlashayotgan o'yini 26-oktabr, dushanba kuni «Lion»ga qarshi o'z maydonida, Liga 1 doirasida bo'lib o'tadi.