«Pari Sen-Jermen» vingeri Xvicha Kvaratskhelia 2025 yil yanvarida jamoaga qanday kelganini esladi.
Parijning ulkan klubi gruzin futbolchisini Napolidan sotib oldi. O‘yinchiga boshqa evropalik top-klublar ham qiziqish bildirishgan.
«PSJ» – eng buyuk klublardan biri. Men bu yerga kelganimdan juda xursandman. Albatta, boshqa takliflarim bo‘ldi, lekin klub prezidenti va Luis Enrike bilan suhbatdan so‘ng bir soniya ham ikkilanmadim. Ular menga loyiha va undagi rolimni taqdim etganda, men otamga va agentimga: «Boshqa klublar bilan hech narsani muhokama qilmang, men «PSJ»ga boraman», dedim. Men bu yerda muvaffaqiyat qozonishimni bilardim», – deydi Xvicha ParisSG INFOSga bergan intervyusida.
Fransiyada bir yarim yil davomida Kvaratskhelia ikki marta Chempionlar Ligasi
