«PSJ» yarimhimoyachisi Xvicha Kvaratsxelia «Oltin to'p» uchun kurashdagi g'alaba imkoniyati G'ruziya uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini aytdi.
- O'ylaymanki, katta futbol mamlakatlariga bunday kichik davlat uchun bu nimani anglatishini tushunish qiyin. Bu deyarli mumkin bo'lmagan, uzoq bir narsa kabi ko'rinadi. Men bunday ajoyib futbolchilar bilan birga bo'lganimdan juda faxrlanaman, - deydi futbolchi The Touchline nashriga.
- Albatta, men dunyodagi eng baxtli inson bo'laman [agar mukofotni yutsam]. Men o'z oilam va mamlakatimdan faxrlanishini xohlayman. Har doim aytaman, Alloh xohlagan narsa sodir bo'ladi. Men shunchaki ishlashda va mashq qilishda davom etaman. Nima bo'lishini ko'ramiz, - qo'shimcha qildi Kvaratsxelia.
Oltin to'p taqdimot marosimi 26 oktyabrda Londonda bo'lib o'tadi. Kvaratsxelia mukofot uchun nomzodlar qatoriga kirdi.
