Fransiya Kassatsion sudi «PSJ» va Marokash terma jamoasi futbolchisi Ashraf Hakimining himoyachisi bergan shikoyatni rad etdi va uni sud jarayoniga jalb qilish qarorini o'zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda AJEL xabar bermoqda.
24 yoshli ayol 2023 yil fevral oyida politsiyaga murojaat qilib, Hakimi tomonidan zo'rlanganini aytgan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, u futbolchi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali 2023 yil yanvarida tanishgan. 2023 yil iyun oyida Versal Apellyatsiya sudi Hakimi ishini sudga yuborish qarorini qabul qildi. Futbolchi bu qarorni Fransiya Kassatsion sudida shikoyat qildi va endi javob oldi.
Hakimi sud jarayoni boshidan beri ayblovlarni rad etmoqda.
