Avvalgi Angliya terma jamoasi hujumchisi Maykl Ouen Usmon Dembele va Xvicha Kvaratshelianing «Oltin to‘p» uchun imkoniyatlarini baholadi.

- Albatta, ular nomzodlar. Dembele haqida gapiradigan bo‘lsak, u Chempionlar ligasini yutgan bo‘lsa-da, uning jahon chempionatidagi o‘yini Mbappenikidan yaxshi emas edi. Kvaratshelia «PSJ»da ajoyib o‘ynadi, ayniqsa Chempionlar ligasida, lekin u jahon chempionatida o‘ynamadi, bu esa katta turnir va shuning uchun unga biroz yetishmasligi mumkin. Lekin men, albatta, ikkisini ham nomzodlar orasida ko‘rishni kutyapman, g‘olib bo‘lishlarini esa o‘ylamayman, - deydi Ouen GFFNga.

Dembele va Kvaratshelia 26-oktabrda Londonda taqdim etiladigan nufuzli mukofot uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.