Yoshlar jamoasining hujumchisi «Manchester Yunayted»dan Jay-Jay Gabriel Madridning «Real» klubiga o'tishi mumkin.
15 yoshli futbolchi erkin agent sifatida ketishni rejalashtirmoqda va bu haqda o'z klubiga xabar bergan. The Touchline ma'lumotlariga ko'ra, hozirda yosh yulduz uchun kurashda «Real» yetakchilik qilmoqda. Angliyalik futbolchiga «Barselona», «PSJ» va «Bavariya» ham qiziqish bildiryapti.
«Manchester Yunayted»da Gabrialni joriy mavsumda asosiy jamoada o'ynatish rejalashtirilgan edi. O'yinchini qolishga ishontirishga harakat qilinmoqda.
Hujumchi hozirgi mavsumda Manchester Yunaytedning yoshlar jamoasida uchta o'yinda beshta gol va ikkita assist bilan o'z nomini qayd etdi.
