Darvozabon «Kristal Pelas» Din Xenderson klub bilan 2030 yilgacha shartnoma uzaytirdi. Yangi kelishuv jamoa kapitanini klubning eng ko'p maosh oladigan o'yinchisi qildi, deb xabar beradi Daily Mail.
29 yoshli Xenderson o'tgan mavsumda «Kristal Pelas»ning kapitaniga aylandi va jamoaga Konferensiya Ligasi g'alabasida yordam berdi. O'tgan mavsumda ingliz darvozaboni 52 ta o'yin o'tkazdi va 18 marta darvozasi daxlsiz qoldi.
Xenderson 2023 yilda «Manchester Yunayted»dan «Kristal Pelas»ga 15 million funtga o'tdi. O'tgan yozda darvozabon xizmatlariga «Nottinhem Forest» qiziqish bildirdi.
Hozirda o'yinchi oyoq jarohatidan tiklanmoqda. U xalqaro tanaffusdan so'ng maydonga qaytishi kutilmoqda.
