Bivshiy hujumchi «Arsenal» va Fransiya terma jamoasining a'zosi Tyerri Anri zamonaviy davrda «Zolotoy myach» uchun da'vogar bo'lishi mumkinmi degan savolga javob berdi.
- Men hech narsa demayman. Men hozirgi futbolchilarni juda hurmat qilaman. Juda katta hurmat qilaman, - deydi Anri The Touchline nashriga.
2026-yilgi «Zolotoy myach» uchun 30 nafar da'vogarning ro'yxati 8-sentabrda e'lon qilindi. Nomzodlar orasida Lamin Yamal, Kilian Mbappe, Usmon Dembele, Erling Holand, Garry Keyn, Lionel Messi va boshqa futbolchilar bor. Mukofot taqdimoti 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadi.
O'zining o'yin faoliyati davomida Anri hech qachon «Zolotoy myach»ni qo'lga kiritmagan.
