“Inter” klubining yarim himoyachisi Hakan Chalhanoglu yozgi transfer oynasida jamoani tark etishga tayyor. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Turk futbolchisi o'tgan yozda ham “Inter”ni tark etishi mumkin edi, ammo “Galatasaroy” uning uchun yetarli mablag’ taklif qilmadi. Gazeta dello Sport jurnalisti Pasquale Guarro xabariga ko‘ra, yarim himoyachi mavsum oxirida jamoani tark etish niyatida.

Hozircha “Inter” rahbariyati 32 yoshli futbolchini qo'yib yubormoqchi ekanligi aniq emas. Transfermarkt saytida Hakan Chalhanogluning taxminiy narxi 22 million evroga baholangan.

Yarim himoyachining “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Mavsum davomida Hakan Chalhanoglu jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va to'rtta samarli pas berdi.

U jamoaning muhim a’zolaridan biri hisoblanadi, lekin yangi mavsumda boshqa klubda o'ynashi mumkin. “Inter” rahbariyati futbolchining kelajagini aniqlash uchun ko‘rib chiqish olib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi.