“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mart oyida 40 yoshga to'ladigan bu futbolchi faoliyatini davom ettirish-ettirmasligini hali aniq bilmaydi. Bayern & Germany xabariga ko'ra, agar ushbu afsonaviy futbolchi yozda jamoani tark etsa, uning o'rnini Yonas Urbig egallashi deyarli aniq – unga raqib topishga urinilmaydi.

Klub yana bir darvozabonni taklif qilishi mumkin, ammo faqat zaxira darvozabon sifatida. Manuel Noyer 2011 yildan beri “Bavariya” safida o'ynab kelmoqda.

Joriy mavsumda u 28 ta o'yinda 27 ta gol o'tkazib yuborgan. 22 yoshli Yonas Urbig ushbu mavsumda to'qqizta bahsda maydonga tushgan va sakkizta gol o'tkazib yuborgan.

Jamoa bosh murabbiyi unga katta ishonch bildirmoqda, kelajakda asosiy darvozabon sifatida ko’rmoqda. Yonas Urbigning tajribasi ortishi bilan jamoaning himoyaviy chizig'i yanada mustahkamlanadi deb umid qilinmoqda.

Noyerning ketishi “Bavariya” uchun katta yo’qotish bo’ladi, lekin klub rahbarlari yosh iste’dodga sarmoya kiritib, uning rivojlanishiga har tomonlama ko’maklashmoqchi.