"Bavariya" klubining bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning darvozaboni Manuel Noyerning yaqin kelajakda "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Oldinroq 39 yoshli nemis futbolchisi olgan jarohati sababli "Ayntraxt"ga (3:2) qarshi kechgan bahsda maydonga tushmagan edi. “Manuelning ahvoli umid beruvchi.

Avvaliga u ko‘proq vaqtni safdan chiqishi mumkin deb o‘ylagandik. Ehtimol, bugun biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi, keyin esa ko‘rib chiqamiz.

U bilan yana bir marta suhbatlashmoqchiman”, - deya Kompanining so'zlarini Bayern & Germany keltiradi. Murabbiy Noyer maydonga tusha olmasa, uning o‘rnida oxirgi uchrashuvlarda yaxshi ko‘rsatgan Urbig o‘ynashini ma’lum qildi.

Germaniya Bundesligasining 24-turi doirasidagi "Borussiya" va "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi bahs 28-fevral kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.