Eks-forvard «Manchester Yunayted» Ueyn Runi 4-turda «Manchester Siti»ga qarshi o'yin natijasini sharhladi. «Qizil iblislar» o'z maydonida 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi.
«MYU» tanaffusgacha yaxshiroq o'ynadi, jamoa har narsani nazorat qilib turdi. Biroq, tez-tez sodir bo'lgan qoidabuzarliklar o'yin ritmini sekinlashtirdi, bu esa mehmonlarga foyda keltirdi. Gol urilgandan so'ng, «shaharchilar» o'yin iplarini qo'lga oldilar, mehmonlarga sifat yetishmadi. Karik mavsumning boshlanishidan norozi bo'ladi. Jamoada yaxshi imkoniyatlar bo'lgan, ammo faqat bitta g'alaba o'z-o'zidan ko'p narsani aytadi», - deydi Runi BBCga.
4-turdan so'ng, APLda «qizil iblislar» to'rt ochko bilan 13-o'rinda turibdi.
