«Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nuri «Manchester Yunayted»ning qiziqish doirasida bo'lgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Jurnalistning xabariga ko'ra, «qizil iblislar» yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin futbolchini sotib olish uchun «shahar»ga murojaat qilishgan. «MYU»ning so'rovi tezda rad etilgan, chunki «Manchester Siti» raqib jamoaga futbolchini bermoqchi emas edi.

25 yoshli jazoirlik o'yinchi o'z faoliyatini «Manchester Siti»da o'tgan yilning yozida boshlagan. U 2030-yilning iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. Ait-Nurining bozor qiymati 40 million evro.