Milanning Inter klubi qanot himoyachisi Federiko Dimarko bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmadi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur.
Bu vaziyatdan boshqa klublar foydalanishi mumkin. Dimarkoni Barselona va Manchester Yunayted o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli himoyachi 2018 yilning yozidan beri milanliklar safida o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2028 yilning iyun oyining oxirida tugaydi. Transfermarkt portalining mutaxassislari o'yinchining bozor qiymatini 50 million evro deb baholamoqda.
