"Bavariya" jamoasining bosh murabbiyi Vensan Kompani, "Borussiya Dortmund"ga qarshi muhim o'yin oldidan tarkibdagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Oldinroq Myunxen klubi Neyer, Olise, Pavlovich, Ito va Kim Min Jae kabi futbolchilarni yo'qotgan edi. Kompani jurnalistlarga bergan intervyusida shunday dedi: "Matbuot anjumanidan so‘ng tibbiy shtab bilan yig‘ilish o‘tkazamiz.

O‘yinchilarning holati bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni olaman. Hozirga qadar hamma narsa yaxshi ko‘rinmoqda.

Ehtimol, barcha futbolchilarimiz "Borussiya Dortmund"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tusha olmaydi. Ammo biz juda kuchli tarkibni maydonga tushirish imkoniyatiga egamiz".

Germaniya chempionati 24-turi doirasidagi "Borussiya" va "Bavariya" o'yini 28-fevral, shanba kuni bo‘lib o’tadi. O'yin soat 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Oldinroq mutaxassis kelgusi uchrashuvda Manuel Neyerning ishtiroki mumkinligi haqida fikr bildirgan edi. Murabbiy tarkibdagi vaziyatni jiddiy kuzatmoqda va mavjud futbolchilarga ishonch bildirmoqda.

"Bavariya" safi qanchalik tayyorligini ko'rsatishga harakat qiladi.