"Atletiko" Madrid klubining sport direktori Mateu Alemani hujumchi Antuan Grizmann atrofidagi mish-mishlarga izoh berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Oldinroq matbuotda 34 yoshli fransuz futbolchisi MLS ligasiga tegishli "Orlando Siti" jamoasiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mateu Alemani bu borada shunday dedi: “Bu xabar faqat taxminlardan iborat.

Antuan bilan klubimizning ikki mavsumlik shartnomasi bor va u kelgusi vazifalarga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Hozirda uning o'yini juda yuqori darajada.” - deb Goal nashri orqali xabar berdi.

Joriy mavsumda Grizmann barcha turnirlarda "Atletiko" tarkibida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 2 ta samarli pas bergan. Futbolchining "Atletiko" bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yilning iyun oyida tugaydi.