"Real" klubining braziliyalik hujumchisi Rodrigoning mavsum oxirida klubni o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, "Inter" klubi Rodrigoning "Real"dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Shuningdek, Angliyaning "Arsenal", "Chelsi" va "Totenxem" hamda Saudi Arabistonining "Al-Xilal" klublari ham hujumchi futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Rodrigo "Real"da qolib ketishni istaydi, ammo zaxira o'rindiqda o'tirishga rozi emasligi qayd etildi. Hozirgi mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 6 ta samarli pas bergan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Rodrigoning qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. 2024 yil yozida braziliyalik futbolchining bahosi 110 million yevro edi.

Rodrigo "Real" jamoasidagi o'yini va kelajagi haqida ko'plab taxminlar bildirilmoqda. Uning qaysi klubga o'tishi futbol dunyasi uchun qiziq savol bo'lib qolmoqda.

Futbolchi o'z faoliyatida yangi bosqichga qadam qo'yishi mumkinligi haqida gaplar tarqalmoqda.