«Barselona» yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Kataloniyaliklar uzoq vaqtdan beri «Atletiko» jamoasidan Xulian Alvares bilan bog‘lanmoqda, biroq boshqa variantlar ham mavjud. The Touchline nashrining ispan Sport nashriga tayanib xabar berishicha, Alvaresga muqobil sifatida «Manchester Siti» jamoasining hujumchisi Omar Marmush ko‘rib chiqilmoqda.
Marmush 2025 yil yanvar oyida «Manchester Siti» tarkibiga qo‘shilgan. Shundan beri u «shaharliklar» safida 49 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt portali mutaxassislari 27 yoshli Marmushning bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda. «Barselona» hujumni kuchaytirish uchun ushbu nomzodlarni diqqat bilan tahlil qilmoqda va yozgi transferlar vaqtida jamoaga yangi kuch qo‘shishni maqsad qilgan.