«Barselona» himoyachisi Erik Garciya qishki transfer oynasida klub o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur ma'lum qilishicha, o'yinchiga uchta Angliya Premer-ligasi klubi qiziqish bildirmoqda: «Tottenhem», «Aston Villa» va «Nyukasl». Shuningdek, Garciya «PSJ», «Roma», «Inter» va «Komo»ning nazoratida ham.
«Barselona» 25 yoshli himoyachini sotishni istamayapti, ammo agar 50-55 million evro atrofida taklif kelsa, klub muzokaralarga kirishga tayyor.
Yangi mavsumda Garciya Ispaniya chempionatida uchta o'yinda ishtirok etdi va gol urish bilan ajralib turmadi.
