«Arsenal» klubining ichki jarayonlarini tekshirish va uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini baholash uchun maslahatchilar yolladi. Bu haqda Football London xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, londondagi klub xarajatlarni tahlil qilish uchun Boston Consulting Group (BCG) konsalting kompaniyasini jalb qilgan. «Arsenal»ning bosh direktori Richard Garlik, bu jarayonda muhim rol o'ynashi taxmin qilinmoqda.
Tekshiruv davom etmoqda, shuning uchun hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan. Biroq, bu jarayon klub faoliyatining to'g'ridan-to'g'ri futbol bilan bog'liq bo'lmagan jihatlariga qaratilgan. Xarajatlarni tahlil qilish kelajakda qisqarishlar bo'lishini anglatmaydi, lekin o‘tgan mavsumda klubning ichki tekshiruvi tibbiyot bo‘limining qayta tashkil etilishiga olib kelganini eslatib o'tish kerak.
