Aston Villa jamoasining bosh murabbiyi Uney Emari Alejandro Garnacho hali eng yaxshi formasini topmaganini tan oldi, ammo «Chelsi»dan ijaraga olingan futbolchining taraqqiyoti borasida umidvor.
«Birinchidan, uning ishga bo'lgan munosabati - bu ijobiy jihat. Uning kayfiyati juda muhim, u zarur bo'lgan o'zini bag'ishlashni ko'rsatmoqda. Endi unga vaqt kerak. Vaqt va har kuni mehnat qilish - u buni o'z munosabati bilan ko'rsatmoqda» - deb aytgan Emari BBCga.
«Asta-sekin men uning yaxshilanayotganini ko'rmoqdaman. Eng muhim narsa - barqarorlikni saqlab qolish va talabchanlikni davom ettirish, shunday munosabat bilan ishlashni davom ettirishdir».
22 yoshli argentinalik Aston Villada joriy mavsumda faqat 31 daqiqa o'ynadi. Hozirda Emari uni klub tarbiyalanuvchisi Jorj Hemmingsga afzal ko'rmoqda. Seshanba kuni Garnacho zaxirada qoldi va Chempionlar Ligasidagi Bryuggega qarshi o'yinda (3:2) maydonga tushmadi.
