Angliya Premer Ligasi so‘nggi turining eng yaxshi jamoasi e’lon qilindi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Darvozabon sifatida «Kristal Pelas» jamoasidan Din Henderson tanlandi. Himoyachilar safida «Lids»dan Jeyms Jastin, «Liverpul»dan Ibrahima Konate hamda «Arsenal»dan Piero Inkapye joy oldi.

Yarim himoyachilar qatorida «Lids»dan Anton Stax va Ithan Ampadu, «Brayton»dan Jeyms Milner, «Manchester Siti»dan Nik O’Rayli hamda «Arsenal»dan Eberechi Eze o‘rin oldi. Oldinga chiquvchi futbolchilar sifatida «Arsenal»dan Viktor Dyokeresh va «Fulhem»dan Raul Ximenes tanlandi.

Hozirgi vaqtda Angliya Premer Ligasi peshqadami «Arsenal» bo‘lib, ular 61 ochkoga ega. Eng yaqin ta’qibchilardan «Manchester Siti» jamoasi 56 ochkoga ega va bir o‘yinni ortda qoldirgan.

Jamoalar orasidagi raqobat yanada kuchayib bormoqda.