Sobiq "Manchester City" hujumchisi Serxio Aguero Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikela Arteta haqida fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Kanonirlar" hozirgi vaqtda Angliya Premer-ligasining turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ular "shaharliklar"dan besh ochko oldinda, biroq "Manchester City"ning hali bir o‘yini qolgan.

Aguero fikricha, Arteta juda yaxshi murabbiy ekan. U kuchli jamoa shakllantirgan va futbolchilar maydonda nima qilishni aniq biladi.

Endilikda "Arsenal" doimiy ravishda chempionlik uchun kurashmoqda. So‘nggi yillarda klubning Premer-ligani oxirgi marta qachon yutganini va so‘nggi davrda chempionlikga qanchalik yaqin bo‘lganini eslasak, Artetaning jamoani uzoq muddat boshqarishini muxlislar istaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, London klubi Angliya chempionatida oxirgi marta 2004 yilda g‘olib chiqqan.