Sobiq «Chelsi» futbolchisi Jon Obi Mikelning fikricha, Ko‘l Palmer klubda muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Joriy mavsum davomida turli manbalar ingliz hujumchi yarim himoyachining noroziligi haqida bir necha bor xabar bergan. Tarqatilgan mish-mishlarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi o‘zining tug‘ilgan shahri Manchesterga qaytishi va «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.

Obi Mikelning so‘zlariga ko‘ra, Palmer ko‘p jarohatlardan so‘ng maydonga qaytgani bilan hali avvalgi formasini tiklay olgani yo‘q. «Palmer unchalik mamnun emas.

U ko‘p jarohatlardan keyin qaytdi, ammo hozircha eski darajasiga yetgani yo‘q. «Manchester Yunayted» haqidagi mish-mishlar oddiy gap emas», deydi sobiq futbolchi.

Transfermarkt portali mutaxassislari Ko‘l Palmerning bozor qiymatini 120 million yevroga baholamoqda. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.

Bu holat futbolchining kelajagi va klubdagi o‘rni haqida ko‘plab savollarni yuzaga keltirmoqda.