Oliver Glasnerning «Kristal Pelas» bosh murabbiyligi bo‘yicha kelajagi haqida yangi ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Football Insider nashrining xabariga ko‘ra, klub rahbariyati avstriyalik mutaxassisga mavsum oxirigacha ishini davom ettirishga ruxsat berdi. Garchi uning ishdan ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqagan bo‘lsa-da, Glasner shartnomasi tugagan yozda klubni tark etadi.

Oliver Glasner 2024 yil fevral oyidan buyon «Kristal Pelas» jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida poytaxt klubi tarixida ilk bor Angliya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Hozirgi Premer-liga mavsumida «Kristal Pelas» 27 o‘yindan so‘ng 35 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Klub va murabbiy o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Glasner mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi, keyinchalik esa shartnoma muddati tugashi bilan klubni tark etadi.