Liverpool jamoasi markaziy himoyachi Ibrohim Konate javobini uzoq kutmoqchi emas. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirgi mavsum yakunida fransuz futbolchisining amaldagi shartnomasi tugaydi, biroq klub rahbariyati uni yangi bitim imzolashga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘la olmadi. Caught Offside manbasining ma’lumotiga ko‘ra, Liverpool Konatega yaqin vaqt ichida shartnomani yangilashga rozilik bildirmasa, uni transferga qo‘yishi haqida ogohlantirgan.

Klub vaziyatni iloji boricha tezroq aniqlashtirishni xohlamoqda, shunda zarur bo‘lsa, 26 yoshli himoyachining o‘rnini to‘ldirish uchun ish boshlash mumkin bo‘ladi. Mersisaydliklar «Kristal Pelas»dan Mark Gehini qiziqtirmoqda, uning shartnomasi ham kelasi yozgacha amal qiladi.