Hujumchi «Tottenhem» Risharlison «Trabzonspor»da faoliyatini davom ettirishga rozi bo'ldi.

Turkiya klubi braziliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi. Mashhur insayder Fabrizio Romano ma'lum qilishicha, 29 yoshli hujumchi Turkiyada Londondagi klubidan uch baravar ko'p maosh oladi. Biroq, jamoalar o'rtasida hali kelishuv yo'q. «Tottenhem» «Trabzonspor»ning 15 va 20 million funtlik ikki taklifini rad etdi. Yaqin orada turk tomoni yaxshilangan taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Braziliyalik futbolchi 2022 yildan beri «Tottenhem»da o'ynaydi, u «Everton»dan o'tgan. Uning Londondagi jamoa bilan shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi.