Nemisning «RB Leypsig» himoyachisi Kastello Lyukeba Yevropa transfer bozorida talabga ega. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Kataloniyaning «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 23 yoshli fransuz futbolchini «ko'k-qizil»larning asosiy transfer maqsadlaridan biri deb atadi. Ispaniya chempioni himoyachini qo'lga kiritishiga Londonning Arsenal va Chelsi, shuningdek, Manchester Yunayted to'sqinlik qilishi mumkin. APL klublari fransuzning karerasini kuzatmoqda.
Lyukeba Transfermarkt portali tomonidan 50 million evroga baholanmoqda. Futbolchining «bulldozerlar» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha davom etadi.
