Markaziy himoyachi «Atalanta»dan Giorgio Skalvini o'z karerasini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga «Nyukasl» va «Chelsi» qiziqmoqda. «Sorokalar» o'tgan yozda himoyachini sotib olishga harakat qilgan, poytaxt klubi esa uning haqida ma'lumot to'plagan.
Shuningdek, Skalvini «Atalanta» bilan 2031 yilgacha mehnat shartnomasini uzaytirishga rozi bo'lgan, ammo bu APL klublarining qiziqishini pasaytirmagan.
Joriy mavsumda Skalvini barcha turnirlar bo'yicha yetti uchrashuvda ishtirok etgan, ammo natijali harakatlar bilan ajralib turmagan.
