Yarim himoyachi «Monako»dan Lamin Kamara kelasi yili «Liverpul»ga qo'shilishi mumkin. Bu haqda britaniyalik insayder Ben Jeykobs xabar berdi.

«Men tushunganimdek, mersisaydliklar «Monako» va Lamin bilan kutishlarini aytishgan. Men ularning «Chelsi» va Kamara o'rtasidagi muzokaralarga aralashgani haqida gapirmayapman. Ular, agar bu bitim amalga oshmasa, «Liverpul» 2027 yilda transferga qaytishini aytishdi,» - deya jurnalist Liverpool News so'zlarini keltirmoqda.

Ma'lumot uchun, Kamara ikki yil oldin monakoliklarga qo'shilgan. O'sha vaqtdan beri yarim himoyachi 74 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.