Britaniya agenti Sherif Andjorin «Manchester Siti»dagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

Avvalroq, «Manchester Siti» 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda Angliya Premyer Ligasi doirasida moliyaviy fair-play qoidalarini 114 dan 115 marta buzganligi tan olingan edi.

«Hozircha «Manchester Siti»ga qanday jazo berilishi aniq emas. Ularni ochko yoki hatto unvonlardan mahrum qilish mumkinmi, bilmayman. Lekin umid qilamanki, bu safar jazolar qattiq va adolatli bo'ladi», — dedi agent «Evro-Futbol.Ru» tarmog'iga bergan eksklyuziv intervyusida.

Britaniyaning The Athletic nashri xabar berishicha, «Manchester Siti»ga ochko olib qo'yish, to'g'ridan-to'g'ri ligadan chiqarish, unvonlardan mahrum qilish va katta pul jarimalari qo'yilishi xavfi bor.