«Al-Axli» jamoasi direktori Rui Pedro Braz forvard Ayven Tonining klubni tark etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ilgari 29 yoshli hujumchining xizmatlariga Londonning «Tottenhem» jamoasi qiziqish bildirgani haqida malumotlar tarqalgan edi. Rui Pedro Brazning aytishicha, Toni juda yaxshi futbolchi va kuchli hujumchi hisoblanadi.

Uning yanvar oyida jamoadan ketishi haqidagi gap-so'zlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Jamoa rahbari futbolchidan umidvor ekanini takidlab, bunday mavzularni ko'tarishning hojati yo'qligini bildirgan.

Joriy mavsumda Ayven Toni barcha turnirlarni hisobga olganda 15 ta o'yinda ishtirok etdi, 11 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Transfermarkt mutaxassislari uning qiymatini 29 yoshdagi futbolchi uchun 25 million evro deb baholashmoqda.