Fransiya terma jamoasi va «Roma» futbolchisi Manu Kone Angliya Premier Ligasi top-klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachini qo'lga kiritish uchun harakat qilmoqda. «Pensionerlar» rim klubiga fransuz futbolchisi uchun 65 million evro taklif qildi. Endi qaror futbolchi va «Roma» rahbariyati qo'lida.

25 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda Seriya Ada 29 o'yin o'tkazdi. Manu ikki gol urdi, uch assist berdi va ikki sariq kartochka oldi. Uning rimliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha amal qiladi.