Ispaniyalik hujumchi Mark Giu Londondagi «Chelsi»dan «RB Leypsig»ga o'tdi. Bu haqda nemis klubining matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshli Giu «RB Leypsig» bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi. Yangi klubida hujumchi to'qqizinchi raqam ostida o'ynaydi.

«RB Leypsig»ga o'tish men uchun to'g'ri qadam. Yosh futbolchilar bu klubda rivojlanadi. Boshqa tomondan, «RB Leypsig» ambitsiyali klub bo'lib, eng katta maqsadlarni qo'yadi», — dedi Giu matbuot xizmatiga.

Aytishlaricha, Giu sotib olish nemis klubiga 17 million evroga tushgan.

Ispaniyalik 2024 yildan «Chelsi»da o'ynadi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 29 o'yin o'tkazib, sakkiz gol urdi va ikki assist berdi.