Londondagi Arsenalning hujumchi yarim himoyachisi Ithan Nvaneri yaqinda Dortmundning «Borussia» klubiga o'tishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Borussia» Arsenal bilan 19 yoshli futbolchini ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishgan. O'z navbatida, o'yinchi ham bitimga rozilik bergan.

Germaniya klubi «kanonirlar» tarbiyalanuvchisining maoshini to'liq o'z zimmasiga olishi aytilmoqda.

Joriy mavsumda Nvaneri maydonga bir marta ham tushmagan. Yarim himoyachining Arsenal bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyunigacha davom etadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.