Eks-futbolchi Djaymi Karraher Angliya chempionatining ikkinchi turida Aston Villa va Arsenal o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv haqida fikr bildirdi. «Kanonirlar» 1:0 hisobida g'alaba qozondilar.

«Londonliklar hozir juda yaxshi o'yin tashkil etishmoqda. O'tgan uchrashuvda mezbonlar faqat bitta narsa qila oldilar – o'yinda iloji boricha uzoqroq qolish. Ular maydonda, ehtimol, jahon futbolidagi eng yaxshi jamoaga qarshi o'ynashdi», - deydi BBC futbol eksperti.

Arsenal 6 ochko to'plab, Angliya chempionatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Aston Villa esa ikki marta ketma-ket mag'lubiyatga uchrab, 18-o'rinda qolmoqda.