«Arsenal» Madridning «Atletiko» klubining hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish ustida ish olib bormoqda.
Argentinalik futbolchi Angliyaga qaytishni xohlamasligi sababli «kanonirlar»ga bir necha bor rad javobini bergan, ammo Londondagi klub vakillari umidni yo'qotmayapti. TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, «Arsenal» 26 yoshli futbolchining oilasi yangi joyga oson moslashishi uchun barcha choralarni ko'rishga tayyor. Shuningdek, tomonlar kelajakda hujumchini «Barselona»ga o'tish imkoniyatini beruvchi maxsus shartnoma qo'shishni muhokama qilishgan.
Eslatib o'tamiz, Xulian Alvares bu yozda «Barselona»ga o'tishni juda xohlagan, ammo «Atletiko» rahbariyati bunga rozi bo'lmagan. Endi esa futbolchining atrofidagi odamlar «Arsenal»ga o'tish g'oyasini ijobiy qabul qilmoqda.
